Ommaviy oferta
"kasabamalaka.uz" onlayn platformasidan foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2025-yil dekabr
Ommaviy oferta
Mazkur hujjat "kasabamalaka.uz" tizimidan foydalanish bo'yicha mazkur ofertada belgilangan harakatlarning bajarilishi, u tomonidan oferta shartlariga rozilik berilganligini va oferta akseptlanganligini anglatadi. Ofertani aksept qilgan paytdan qabul qilingan hisoblanadi.
Foydalanish shartlari to'g'risidagi kelishuv
Foydalanuvchi tomonidan oferta "kasabamalaka.uz" saytining ro'yxatidan o'tish va/yoki qatnashish bo'yicha harakatlarini amalga oshirishi orqali aksept (qabul) qilinadi. Ro'yxatdan o'tishda soxta ma'lumotlar yoki boshqa shaxslarga tegishli bo'lgan ma'lumotlar kiritilishi, boshqa shaxslar nomi bilan ro'yxatdan o'tilishi, yuridik shaxslar nomidan ro'yxatdan o'tishga vakolati bo'lmagan shaxslar tomonidan ro'yxatdan o'tilishi foydalanuvchilar uchun O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Foydalanuvchi tizimda ro'yxatdan o'tganligini, tizimdagi kabinetini boshqalarga o'tkazishga haqli emas.
Kelishuv shartlarini qabul qilish
Tizimdan foydalanishdan avval Foydalanuvchi mazkur ofertaning matni bilan to'liq tanishib chiqishi zarur. Ofertaning shartlaridan to'liq yoki qisman norozi bo'lgan tizimdan foydalanishdan bosh tortishi zarur. Mazkur Kelishuvning shartlarini qabul qilgan holda, Foydalanuvchi quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi: • ushbu kelishuv ixtiyoriy tuzilganligini; • mazkur ofertaning barcha shartlari bilan tanishganligini, tushunganligini, qabul qilganligini; • ommaviy oferta shartlariga so'zsiz rozi ekanligini va rioya qilishini.
Foydalanish huquqlari
"kasabamalaka.uz" onlayn platformasidan foydalanish bepul hisoblanadi. Foydalanuvchilar "kasabamalaka.uz" saytining rivoji uchun beg'araz moliyaviy yordam ko'rsatishlari mumkin. Foydalanuvchi ushbu saytdan o'z xohishiga binoan foydalanish huquqiga ega.
Taqiqlar
"kasabamalaka.uz" onlayn platformasidagi hujjatlardan foydalangan holda tijoriy maqsadlarda boshqa shaxslarga prosessual va boshqaruvga oid huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlab berish taqiqlanadi. Foydalanuvchi tomonidan ushbu onlayn platformaning materiallaridan maqolalar, ilmiy ishlar yoki boshqa turdagi axborot beruvchi ma'lumotlar uchun foydalanilganda saytning rasmiy nomi ko'rsatilishi shart.
Tomonlarning javobgarligi
• Tizim imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan ma'lumotlarning to'g'riligiga Foydalanuvchining shaxsan o'zi javobgar hisoblanadi. • Foydalanuvchi tizimdan noqonuniy, boshqalarning huquqlarini buzadigan va boshqacha tarzda zararli bo'lgan maqsadlarda foydalanishi taqiqlanadi. • Foydalanuvchi mazkur ommaviy oferta yuzasidan zimmasiga olgan huquqlari va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga o'tkazishga haqli emas. • Foydalanuvchi tizimdan foydalangan holda tayyorlagan materiallaridan foydalanishi yoki foydalanmasligi, qay maqsadda foydalanishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.
Javobgarlikdan ozod qilish
• Onlayn platforma yordamida tayyorlangan hujjatlar va olingan maslahatlar faqat tavsiyaviy harakterga ega bo'lib, biror bir tashkilotning rasmiy nuqtai nazarini ifodalamaydi. • Onlayn platforma Foydalanuvchining harakat yoki harakatsizligiga javob bermaydi. • Foydalanuvchi mazkur oferta bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida vujudga kelgan har qanday zarar yoki salbiy oqibatlarga o'zi javob beradi. • Foydalanuvchi xavfsiz bo'lmagan ulanishlardan foydalangan holda, yoxud zararli dastur va ilovalar tahdidi ostida o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini qurilmaga kiritishida ularning xavfsizligiga to'liq javob beradi. • Tizimdagi huquqiy hujjat namunalari tavsiyaviy xarakterga ega bo'lib, Foydalanuvchi, «Onlayn platforma» va uchinchi shaxslar uchun hech qanday huquq yoki majburiyat keltirib chiqarmaydi. • Ulardan foydalanish natijasida, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan hujjatlarni to'ldirishda yo'l qo'yilgan xatoliklar, nomuvofiqliklar natijasida kelib chiqadigan har qanday oqibatlar uchun «Onlayn platforma» tashkilotchisi javobgar hisoblanmaydi. • Foydalanuvchi mazkur Ofertaning shartlari bilan tanishmaganligi sababli kelib chiqqan har qanday zarar uchun «Onlayn platforma tashkilotchisi» javob bermaydi.
Sertifikatlar
Foydalanuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi va sharifi kurslar yakunidagi sertifikat uchun foydalaniladi.
Nizolarni ko'rib chiqish tartibi
Platforma bo'yicha kelib chiquvchi nizolar ko'rib chiqilmaydi.
Rozilik: Mazkur ommaviy ofertani qabul qilib, Foydalanuvchi ushbu ofertaning barcha shartlarini so'zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi va uni bajarishni o'z zimmasiga oladi.
Ushbu shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan.